TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahrida xizmat sinov tariqasida “DXM drive” xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu xizmatdan shahardagi DXM binosi yonidagi avtoturargoh hududida haftaning dushanba va seshanba kunlarii foydalanish mumkin.
“DXM drive” avtotransport vositasidan tushmasdan qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
“DXM drive” xizmati fuqarolarga:
bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga elektron navbatga ko‘yish;
pensiya xaqida ma’lumotnoma olish;
nafaqa tayinlash;
elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni to‘ldirishga va tayyor hujjatlarni binoga kirmasdan, shuningdek, avtotransport vositasidan chiqmasdan olish imkonini beradi.