O‘zbekistonda to‘qqiz oy davomida 1,7 mingga yaqin kishi avariyalar qurboni bo‘ldi

"Yo‘l transport hodisalarining deyarli 40% tezlikni meyoridan oshirish natijasidir", - deb aniqlik kiritgan IIV vakili.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—sentabr oylari davomida 6551 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda IIV matbuot-xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov xabar berdi.
"Bugungi kunga qadar respublikamizda 6 551 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan", - deb yozgan o‘z telegram sahifasida G‘iyosov.
Ta’kidlanishicha, YTHlardan 1 682 tasi o‘lim bilan tugagan.
Jarohat olganlar soni esa 5 920 tani tashkil etgan.
"Yo‘l transport hodisalarining deyarli 40% tezlikni meyoridan oshirish natijasidir", - deb aniqlik kiritgan IIV vakili.