Abdulaziz Kamilov "Tolibon" hukumati TIV rahbari bilan uchrashdi

Vazir Kamilov va Muttakiy mamlakatdagi joriy vaziyatni muhokama qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qobulda "Tolibon" hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Amirxon Muttaqiy bilan muzokara o‘tkazdi.
Bu haqda Twitterda Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Abdul Qahor Balxiy xabar bergan.
Bu yuqori darajadagi ilk rasmiy uchrashuv bo‘ldi.
Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannix del Talibana mavlavi Amir Xanom
Vazir Kamilov va Muttaqiy mamlakatdagi joriy vaziyatni muhokama qilishgan.
Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannix del Talibana mavlavi Amir Xanom
O‘zbekiston TIV rahbari Qobul jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashiga ishonch bildirgan va Toshkent tranzit, energetika hamda savdo sohasida o‘z majburiyatlariga amal qilishda davom etishini aytib ishontirgan.
"Afg‘oniston zaminida uzoq vaqtdan buyon istiqomat qilib kelayotgan o‘zbek vatandoshlarimizning tili va madaniyati Afg‘onistonning yangi hukumati davrida ham rivojlanishda davom etadi", - dedi Kamilov.
2021 yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afg‘oniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.