TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida “Lada 11184” haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Hodisa 5-oktabr kuni taxminan soat 21:00 da tumandagi Jarqo‘rg‘on ko‘chasida ro‘y bergan. “Lada 11184” avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarayotgan 23 yoshli A.J. transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.
Oqibatda velosipedni boshqargan 36 yoshli R.S. olgan tan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.