Qashqadaryodagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sportzalda shug‘ullanmoqda

Shahrisabz tumanidagi G‘ilon qishlog‘ida joylashgan bu maktabning 12x24 metr o‘lchamdagi sport zali 2007-yil qurilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 58-maktabda o‘quvchilar poli chirib ketgan sportzalda shug‘ullanishayotgani haqida xabar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bu holat tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumandagi G‘ilon qishlog‘ida joylashgan bu maktab 1967-yil qurilgan. 2014-yilda 200 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan. Mavjud 2 ta 240 o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlangan.
1 / 3
V Kashkadarye ucheniki shkoli zanimayutsya fizkulturoy na prognivshem polu sportzala
2 / 3
V Kashkadarye ucheniki shkoli zanimayutsya fizkulturoy na prognivshem polu sportzala
3 / 3
V Kashkadarye ucheniki shkoli zanimayutsya fizkulturoy na prognivshem polu sportzala
Bundan tashqari, 2019-yilda maktab filialiga davlat investitsiya dasturi asosida 96 o‘rinli o‘quv binosi qurilgan. Shundan so‘ng, maktabning jami quvvati 776 o‘rinli bo‘lgan. Hozirgi kunda bu yerda 557 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Boshqarma xabariga ko‘ra, maktabning 12x24 metr o‘lchamdagi sport zali 2007-yil qurilgan. Maktab tog‘li hududda joylashganligi, yer osti suvlari yer yuzasiga yaqinligi, namgarchilik yuqoriligi natijasida sport zalining pol qismi juda tez vaqtda yaroqsiz holatga kelgan.
“2022 yil "Mahalliy budjet" hisobidan maktab sport zalining pol qismi yangidan ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, maktab sport zalini birlamchi ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi