"Tolibon”* 30dan ziyod kishini davlat xizmatchisi lavozimlariga tayinladi - tafsilotlar

Toliblar jahon hamjamiyati tomonidan bo‘layotgan ogohlantirishlarni inkor etgan holda afg‘on siyosiy tizimini shakllantirishda davom etmoqda
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. "Tolibon"* hukumati o‘z jangarilaridan 34 nafarini davlat xizmatchisi lavozimlariga tayinladi. Bu haqda Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabixulla Mujohid o‘z Twitterida xabar berdi.
Avvalroq, Qobuldagi terrakt tafsilotlarini e’lon qilganligi sabali ijtimoiy tarmoq uning sahifasini bloklab qo‘ygan edi, biroq bir muncha vaqt o‘tgach, radikallar vakili o‘z sahifasiga kirish imkoniyatini qayta qo‘lga kiritdi.
Jahon hamjamiyatining Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga doir iltimoslariga qaramay, davlat lavozimlarini yana pushtunlar egalladi.
Afg‘onistonga 2001-yilda qo‘shinlar kiritilishi xato bo‘lganmi - yevropaliklar fikri
Mujohidning ta’kidlashicha, ushbu lavozimlarga diniy unvonga ega jangarilar tayinlangan. Ular qatorida 4 nafar qori, 16 nafar mulla va 14 nafar mavlaviy bor.
Ular quyidagi lavozimlarni egallaganlar: insonlar va nogironlar masalalari bo‘yicha vazir, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Afg‘on Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari va boshqalar.
Radikallarning aksariyati Afg‘oniston provinsiyalari rahbarlari va ma’muriy o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlangan.
Shu tarzda, toliblar o‘z hukumati dunyoda tan olinishining asosiy shartlaridan birini inkor etdi. Undan tashqari, ular ayollarni davlat xizmatiga qabul qilish haqidagi va’dasini ham bajarmadi.
* - Rossiya va Tojikistonda taqiqlangan terrorchi tashkilot.