Rossiya IIV migrantlar orasida radikal tendensiyaga qarshi qanday kurashish mumkinligini aytdi

IIV vakilining ta’kidlashicha, radikal qarashlar tarqalishining va terrorchilikka yollashning asosiy usuli bu internet hamjamiyatidir
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya IIV boshlig‘ining maslahatchisi Vladimir Ovchinskiy muhojirlar orasidagi radikal tendensiyaga qarshi qanday kurashish kerakligi to‘g‘risida gapirdi.
Uning aytishicha, destruktiv ishlar terrorchilar to‘planadigan pana joylarda olib borilmoqda.
"Umuman olganda, hozirda hayot asosan onlayn tarzda olib borilmoqda, ayniqsa darknetda – yashirin tarmoqda. U yerda diniy va jinoiy oqimlarga oid maxsus guruhlar mavjud”, – deya qo‘shimcha qildi hukumat vakili.
FXX diniy ekstremistik g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullangan migrantlarni qo‘lga oldi - video
Ovchinskiyning fikricha, barcha ijtimoiy tarmoqlar nazoratiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mutaxassisning ta’kidlashicha muhojirlarni tashqaridan qaraganda tinch bo‘lgan muhit – diasporda ham terrorchilikka chorlash mumkin.
"Tabiiyki, mutaxassislar ko‘p emas, ayniqsa, etnik diaspora vakillari bilan ishlovchi mutaxassislar. Undan tashqari til bilan bog‘liq to‘siqlar ham mavjud" – deya qo‘shimcha qildi IIV boshlig‘i maslahatchisi.
Shuningdek, u masjidlarda muhojirlar bilan olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi va rasmiy masjidlarda muftiylarlarning barchasi pozitiv fikrlashlarini ta’kidlab o‘tdi.