O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish keskin kamaydi

Kecha mamlakatda infeksiya bilan kasallanishning 14-iyundan buyon eng past ko‘rsatgichi qayd etildi
Sputnik
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekistonda kecha, 4-oktabr kuni, 304 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 14-iyundan buyon eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
2021 yil 4-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 176 019 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkent aniqlanayotgan koronavirus bo‘yicha hamon yetakchi. Kecha poytaxtda 123 kishida kovid tasdiqlangan. Toshkent (+42) va Samarqand (+38) viloyatlarida ham boshqa hududlarga qaraganda kasallanish yuqoriligi kuzatilmoqda. Kecha eng kam kasallanish Qoraqalpog‘istonda (+1), Navoiy (+3) va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Mamlakatda bu kasallikdan sog‘ayganlar jami 171 162 (+290) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 2 bemor vafot etib, koronavirusdan vafot etganlar soni 1251 nafarga yetgan.
Bundan tashqari, 4-oktabr kuni 12 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27349 nafarga yetdi.
Kecha ularning 19 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25688 nafarni tashkil qilmoqda.
Olimlar koronavirus sababli umr ko‘rish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi