TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston hukumati AQSh bilan Afg‘onistondagi operatsiyalar uchun Vashingtonga harbiy bazalarini taqdim etishni muhokama qilmayapti. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq “Politico” nashri amerikalik senatorlarga tayangan holda Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari bilan Afg‘onistondagi operatsiyalar uchun ularning harbiy bazalaridan foydalanish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi.
“Yo‘q, bunday muzokaralar olib borilmayapti”, - deya javob berdi Safoyev tegishli savolga.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston bunday muzokaralar olib bora olmasligini qayd etdi, chunki “mamlakat qonunchiligi bunga imkon bermaydi”.