TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bunday harakatlar:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);
1 yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1-yilgacha);
1 yildan 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan (ilgari 1-yilgacha) jazolanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida hokimiyat vakiliga va o‘zining fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan qarshilik ko‘rsatish uchun jinoyat choralarini ko‘chaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ma’qullangan edi.