Facebook, WhatsApp va Instagram vaqtincha ishlamay qoldi

Texnik nosozlik sabab Facebook, WhatsApp va Instagram 7 soat davomida ishlamay qoldi. Kompaniya bundan 7 mllrd. zarar ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 05 okt – Sputnik. Downdetector.com ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook va unga qarashli bo‘lgan, Instagram, WhatsApp ilovasi dushanba kuni kechga yaqin deyarli 7 soat vaqt mobaynida ishlamay qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Facebook kompaniyasi muhandislari aytishiga ko‘ra, uzilish sabablari magistral tarmoqlarga yuborish qurilmasining konfiguratsiyasi o‘zgarishi tufayli yuzaga kelgan.
Kompaniya ushbu nosozliklar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilishiga olib kelmaganini alohida ta’kidladi.
Bloomberg axborot agentligining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur uzilish Facebook tarixida eng kattasi bo‘ldi. Uning asoschisi Mark Sukerberg esa bir necha soat ichida kompaniya aksiyalari narxining pasayishi tufayli 7 milliard dollarga yaqin zarar ko‘rgan.
Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab 2 milliard odam har kuni Facebookdan foydalanadi.