Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 6ta viloyatida sezildi

Zilzila episentri Toshkentdan 616 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Afg‘onistonda Toshkent vaqti bilan soat 12:59 da yuz bergan zilzila O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi.
O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 616 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 100 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 6 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
Surxondaryo viloyatida 3-4 ball, Qashqadaryo viloyatida 3 ball, Samarqand viloyatida 2-3 ball, Buxoro viloyatida 2-3 ball, Navoiy viloyatida 2 ball, Jizzax viloyatida 2 ball.