Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun salkam 10 million $ qarzdor

Afg‘oniston elektr energiyasi uchun O‘zbekistondan 9,9 million $ qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat, DABS) Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan respublikaga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatmaslikni so‘radi. Bu haqda Tolo news xabar qildi.
Xabarda qayd etishicha, Afg‘onistonning elektr energiyasi uchun qarzdorligi qariyb 62 million dollarni tashkil etmoqda. DABS rahbariyati o‘z murojaatida qarzni to‘lashga va’da berdi.
O‘zbekistonning bosh maqsadi, vaksina siyosati va Afg‘oniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi
Bundan tashqari, kompaniya BMTning Afg‘onistonga yordam berish missiyasiga murojaat qilgan.
DABS vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya yetarli yordam ololmasa, elektr uchun “pul to‘lamagan afg‘onlar”ga ularning moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar bosim o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Korporatsiyaning sobiq rahbari Dovud Nurzayning so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minotining uzilishi nafaqat Kobulda, balki butun Afg‘onistonda gumanitar halokatga olib keladi.
2021 yildagi qurg‘oqchilik, gidroenergetika resurslarining kamayishi tufayli vaziyat yanada murakkablashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi kuzatilmayapti, lekin Markaziy Osiyo uni yetkazib berishni to‘xtatsa vaziyat yomonlashadi.