“UzAuto Motors” avtomobillarini Turkmanistonda ishlab chiqarish boshlanadi

“Turkmeniston-Motors” ishlab chiqarish obyektlarida “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarishga oid shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. “Uzavtosanoat” AJ va “Turkmeniston-Motors” AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi. Memorandum 4-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turkman iqtisodiy forumi doirasida imzolangan.
“Turkmeniston-Motors” ishlab chiqarish obyektlarida “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarishga oid shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.
Bundan tashqari, “Uzavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda “Uzavtosanoat” Turkmanistonga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilib kelmoqda.
Avvalroq Ozarbayjonda “UzAuto Motors” va “SamAvto” zavodi ishlab chiqarish liniyasi ochilgani xabar qilingan edi.
Avtomobil yig‘ish, savdo uylari: Mirziyoyev va Berdimuhamedov muzokaralari tafsilotlari