TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Britaniyaning The Times nashri O‘zbekistonni dam olish uchun eng jozibador joylar ro‘yxatiga kiritdi.
Unda O‘zbekiston Avstraliya, Hindiston, Mekong darosi va Norvegiyaning mashhur fordlaridan keyin beshinchi o‘rinni egalladi.
Tomoshabop joylar ko‘p: Muzeylar va sovet binolariga boy Toshkent, Tamerlanning zarhal poytaxti Samarqand, Registonning ko‘k rangda bezatilgan masjidlari - dunyoning qadimiy mo‘’jizasidir.
Nashr shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Buxoro shahri va uning imoratlarining g‘isht rangi cho‘lga mos ekanini qayd etgan.
Xivada esa - 1500-yillik islomiy me’morchiligi shu qadar yaxshi saqlanib qolganki, bu joy osonlikcha "blokbasterning foniga" aylanishi mumkin, - deb yozadi Times.
Undan tashqari, nashr O‘zbekistonga kelish uchun viza talab etilmasligini hamda noodatiy yangi joylarga borishni istagan sayohatchilar uchun O‘zbekiston eng chiroyli joylardan biri ekanini qayd etgan.