TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi yuzasidan shikoyati bo‘lmagan, hujjatlarga oid ayrim savollar bo‘lgan. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
“Mahsulotga nisbatan shikoyat bo‘lmagan, hujjatlar to‘plamiga oid savollar bo‘lgan. Har bir farmatsevtika mahsuloti uchun ekspertlar bahosidan o‘tadigan hujjatlar to‘plami shakllantiriladi, ular tegishli ravishda xulosalarini taqdim etishadi”, - dedi Murashko “Biotexmed” forimida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, “muayan qoidaga binoan hujjatlar to‘plamini rasmiylashtirish kerak bo‘lgan”.
“Hozir oxiriga rasmiylashtirilgan, kiritilmoqda, mavjud kelishmovchiliklar olib tashlandi” , - dedi u.
Murashko zaruriy hujjatlar bir yarim hafta ichida topshirilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq JSSTda “Sputnik V” vaksinasini tan olish yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlangani xabar qilingan edi.