TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari ertaga, 5-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, ko‘p qirrali sheriklikni jadallashtirishga qaratilgan hujjat va shartnomalarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.