O‘zbekistonda yarim yilda aholining 21,2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Yarim yil davomida mamlakatda jami 20 781 994 doza vaksina qo‘llanilgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Olti oy davomida O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 21,2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yarim yil davomida jami 20 781 994 doza vaksina qo‘llanilgan. Umumiy hisobda to‘liq emlangan fuqarolar soni 4 539 621 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan 534 764 nafari 65 yoshdan oshganlar, 332 722 nafari tibbiyot xodimlari, 290 071 nafari maktab o‘qituvchilari, 109 235 nafari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, 478 896 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolar va boshqalar.
Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari emlash jarayonlarida peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini ommaviy yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash 1-aprelda boshlangan edi. Mamlakatda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan.
Markaziy Osiyoda Dushanbe birinchi bo‘lib kovidga qarshi emlash rejasini oshig‘i bilan bajardi