TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon”* tomonidan Afg‘oniston muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Mavlavi Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi. Bu haqda afg‘on tashqi siyosiy idorasi vakili Muhammad Naimiy tvitterda ma’lum qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va Toshkent va Kobul o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Muttaqiy O‘zbekistonning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasi rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga chaqirgan.
Avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga tranzit yuklari muammosini hal etishda yordam berishi xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti