TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida mashhur fransuz rejissori Arno Frile suratga olgan “Mening o‘zbekcha tushim” filmi namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Kinokartinada bosh rolni taniqli aktor fransuz aktori Jerar Deparde ijro qilgan.
Filmda uning bosh qahramoni O‘zbekistonning turli mintaqalari, viloyat va shaharlarida bo‘ladi. Ko‘hna me’moriy obidalar, bozorlar, qadimiy shaharlarni kezadi. Mamlakatning har bir hududidan uning o‘zigagina xos bo‘lgan madaniyati bilan tanishadi.
Namoyishdan oldin film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jerar Deparde uchrashuvda O‘zbekistonga avval ko‘p bora kelgani va safarlaridagi xotiralari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, kinofestivalga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.