Hozirda Mixail Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Gruziya IIV gruzin politsiyasi sobiq prezidentni qanday qamoqxonaga olib ketayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Mixail Saakashvili 2004-yildan 2013-yilgacha Gruziya prezidenti bo‘lgan va o‘z vakolat muddati tugashidan biroz oldin mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2018 yilda bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining do‘pposlanishi yuzasidan Saakashvili sirtdan hukm chiqarilgan. Birinchisi bo‘yicha siyosatchi uch yilga, ikkinchisi bo‘yicha olti yilga sirtdan ozodlikdan mahrum etilgan.
Endi unga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.