TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin kunlarda O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishcha, hozirda ikki mamlakat TIV Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga 4-5 oktabr kunlariga rejalashtirilgan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Tashrif davomida Berdimuhamedovning bir qancha muhim tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Jumladan, Turkmaniston-O‘zbekiston iqtisodiy forumi, shuningdek, o‘zbek-turkman chegarasida savdo zonalarini yaratish masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.
Sentabr oyida Toshkentda Turkmaniston-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Anjuman doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun kimoviy vositalari hajmini oshirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilgan.