Qarshida uch egizak tug‘ildi. Ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi

Qarshida o‘qituvchi va murabbiylar kunida 3 nafar egizak dunyoga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Qarshi shahar tug‘ruqxonasida 1-oktabr kuni 3 nafar egizak dunyoga keldi. Egizaklarning uchalasi ham o‘g‘il bola.
Murodovlar oilasi Qarshi tumani Uzunnavo mahallasida yashaydi. "Polvon"larning onasi Shahlo Husanova 30 yoshda, viloyat teri-tanosil shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. Otasi - Iskandar Murodov 37 yoshda, Milliy gvardiya xodimi.
Egizaklardan birining vazni 2,1, ikkinchisiniki 2,4 va uchinchisiniki 2,2 kilogrammdan iborat.
Ota-onasi chaqaloqlarga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishdi.
Ayni paytda oiladagi bolalar soni 5 nafarga yetdi. Bungacha Murodovlarning bir o‘g‘il, bir qizi bo‘lgan.