TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "O‘zbekiston iqtisodiy forumi - 2021"ning nufuzli mehmonlarini qabul qildi.
Prezident Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ushbu halqaro muassasa va O‘zbekiston orasida keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Xususan, O‘zbekistonda Jahon banki bilan hamkorlikda 26ta loyiha amalga oshirilayotganini va ularning umumiy qiymati 4,8 milliard dollarni tashkil qilishi qayd etildi.
Shuningdek bo‘lajak hamkorlik yo‘nalishlari ham belgilab olindi. Qabul qilingan qo‘shma “yo‘l xarita”siga ko‘ra, Jahon banki O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalsha oshiradi:
o‘rta shaharlarni rivojlantirish;
elektr energetikasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish;
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish;
quyosh energetikasini rivojlantirish
aholi turmush darajasini oshirish.
Shuningdek, O‘zbekiston va Jahon banki orasida 5-yillik hamkorlik dasturi qabul qilish va
Shavkat Mirziyoyev prinyal Barona Erika de Rotshilda
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Undan tashqari 30-sentabr kuni prezident xalqaro konsalting kompaniyasi "Rothschild&Co" kompaniyasi kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari baron Erik de Rotshild boshchiligidagi delegatsiyani ham qabul qildi.
Kompaniya vakillariga "Coca-Cola Uzbekistan" korxonasidagi davlat ulushini xorijiy investorga sotish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish jarayonida muvaffaqiyatli hamkorlik qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi hamda hamkorlikning yangi imkoniyatlarni o‘rganish va sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ishchi guruhni shakllantirishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya pravleniya VTB Andreya Kostina
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni yana bir nufuzli mehmon - “VTB” banki prezidenti – boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qildi.
Uchrashuvda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining loyihalari uchun 1 milliard dollarlik kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida birinchi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Amaliy hamkorlikni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.