Eng qimmat va eng arzon oziq-ovqatlar qayerda?

Stastistika qo‘mitasi sentabr oyining oxirida oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlarini aniqladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Qayerda go‘sht eng arzon narxlarda sotilmoqda? Qayerda eng qimmat? Kartoshka, piyozchi? Statistika qo‘mitasi hududidagi markaziy dehqon bozorlarda oziq-ovqat narxlari farqini aniqladi.
2021 yil 29-sentabr holatiga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 (Nukus) – 68000 (Andijon) so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 (Farxod bozori) – 80000 (Oloy bozori) so‘m;
Kartoshka (1 kg) — 2500 (Navoiy, Samarqand, Farg‘ona) – 6000 (Toshkent) so‘m;
Piyoz (1 kg) — 1000 (Termiz) – 3000 (Andijon) so‘m;
Sabzi (1 kg) — 2000 (Nukus, Termiz) – 9000 (Toshkent) so‘m;
Tuxum (10 dona) — 6000 (Guliston, Qo‘yliq) – 14000 (Farxod bozori) so‘m;
Guruch (1 kg) — 5000 (Nukus, Jizzax, Termiz) – 17 500 (Namangan) so‘m;
O‘simlik moyi(1 l) — 13600 (Eski jo‘va bozori) – 24000 (Oloy, Mirobod) so‘m;
Shakar (1 kg) — 7500 (Toshkent) – 9000 (Buxoro, Chirchiq) so‘m.
E’tibor bering, bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.