Shimoliy Koreya rahbari AQShning muloqot haqidagi taklifini rad etdi

KXDR yetakchisi Kim Chen In Vashingtonning muloqot haqidagi taklifini rad etdi
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In AQShning davlatlar o‘rtasida muloqot o‘tkazish chaqirig‘ini rad etdi.
Kim Chen In AQShning ushbu taklifi "AQShning oldingi ma’muriyatlari tomonidan amalga oshirib kelingan dushmanlik siyosatining davomi", deya ta’riflagan. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Renxap" agentligi xabar bermoqda.
Kim Chen Inga “sobiq sevgilisi” hamrohlik qilmoqda - OAV
KXDR yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, Vashington "diplomatik hamkorlik" va "oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan muloqot qilishni" talab qilmoqda. Biroq, Qo‘shma Shtatlarning harakati xalqaro hamjamiyatni aldash va o‘zining dushmanona harakatlarini niqoblashdan boshqa narsa emas", - deya bayonot qilgan Kim Chen In.
Uning fikricha, amerika tomonining KXDRga nisbatan munosabati umuman o‘zgarmagan.
Ilgariroq Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreya bilan aloqa kanallarini qayta tiklashga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Aniqlik kiritilishicha, Seul va Pxenyan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar liniyalarining qayta tiklanishi 2021-yil oktabr oyining boshlarida ro‘y berishi mumkin.