Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni tabrikladi

Prezident o‘qituvchilarni tabriklab, O‘zbekistonda ta’lim sohasida so‘nggi 5-yilda erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekiston o‘qituvchilarini tabrikladi.

Aziz faxriylar!

Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", - deb boshlanadi prezident tabrik so‘zi.

Shundan so‘ng prezident O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sanab o‘tdi. Xususan, bog‘chalar soni so‘nggi besh yillikda 5 211 tadan 19 316 taga yetganini hamda MTM tizimda qamrov 62%, 6 yoshdagi bolalar o‘rtasida esa 77 %uf yetganini ta’qidlab o‘tdi.
Udan tashqari, Respublikada yangi turdagi va ixtisoslashgan maktablar faoliyat yuritayotgani aytib o‘tildi. Xususan, prezident maktablari, ijod maktablari, matematika yo‘nalishida 112 ta, fizika yo‘nalishida 14 ta, kimyo-biologiya bo‘yicha 87 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 99 ta, xorijiy tillar bo‘yicha 207 ta ixtisoslashgan maktablar faoliyat olib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, oliy ta’lim sohasida ham so‘nggi 5-yilda chet el OTMlari bilan 67 ta yangi universitet va institutlar hamda filiallari barpo etilib, ularning umumiy soni 144 taga yetkazilgani qayd etildi.
Prezident tabrigi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.