Samarqandda qo‘lbola alkotester yasagan GAI xodimi internet yulduziga aylandi

YPX xodimi S.S. “Nexia” haydovchisining mastlik holati bor yoki yo‘qligini qog‘oz yordamida tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimi qog‘ozdan yasalgan alkotesterdan foydalangani aks etgan video tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati bu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 27-sentabr kuni soat 20:30 larda ro‘y bergan. YPX xodimi S.S. “Nexia” haydovchisini to‘xtatgan va uning mastlik holati bor yoki yo‘qligini qog‘oz yordamida tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan.
Hozirda Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Surxondaryoda YPX xodimini kapotida sudragan haydovchi hibsga olindi
Boshqarma haydovchining spirtli ichimlikdan mastlik holatini tekshirib ko‘rish uchun viloyat YHXB xodimlariga jami 17 dona maxsus alkotester moslamasi foydalanishga berilganini qo‘shimcha qilgan.