Rossiya 500 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga topshirdi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar borasida O‘zbekistondan Rossiyaga 670ta so‘rov kelib tushgan, Rossiyadan O‘zbekistonga bo‘lsa - 200ga yaqin
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Oxirgi uch yil ichida Rossiya Federatsiyasi huquq -tartibot idoralari respublikada qidiruvda bo‘lgan 500 ga yaqin kishini O‘zbekistonga topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Oxirgi uch yil mobaynida Rossiya vakolatli organlariga jinoiy ishlar bo‘yicha 60 dan ortiq yuridik yordam so‘ralgan, shuningdek, O‘zbekistonda jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha 670 ga yaqin so‘rov yuborilgan. Natijada 500 ga yaqin shunday shaxslar O‘zbekistonga olib kelingan", - dedi bosh prokuror. Shuningdek, Rossiya O‘zbekistonga 200 ga yaqin so‘rov yuborgan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida Rossiya tajribasini o‘rganish va qabul qilishni rejalashtirmoqda.
"Jinoyat ishlari bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatish, qochib yurgan jinoyatchilarni aniqlash hamda jazoning muqarrarligi ta’minlash - jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shu nuqtayi nazardan, biz Rossiya tajribasini o‘rganishga qiziqmoqdamiz" - dedi Yo‘ldoshev.
Uchrashuv yakunida Yo‘ldoshev va Krasnov ikki mamlakat nazorat organlari o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar. Ushbu hujjat "transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda umumiy sa’y-harakatlarning samaradorligini oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan", - deb ta’kidladi Rossiya tomoni.