Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Endilikda har qanday hokimiyat vakillarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatganlik yoki to‘sqinlik qilganlik uchun qattiq jazoga tortiladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish muhokama markazida bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, mazkur Qonun mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash, shuningdek, shaxsiy xavfsizlik hissini shakllanishini mustahkamlashi belgilanmoqda.
Senatorlar qonunni ma’qulladi: 30 yoshdan oshganlar ham bojxonaga ishga kirishi mumkin
Qonunnig birinchi yo‘nalishiga ko‘ra, bu Jinoyat kodeksiga tegishli bo‘lib, unda Hokimiyat vakiliga va o‘zining fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan qarshilik ko‘rsatish uchun jinoyat choralarini ko‘chaytirish rejalashtirilmoqda.
Ikkinchi yo‘nalishda esa, IIO xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini va xizmat burchlarini bajarish paytda ularga qarshilik ko‘rsatganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (MJTK) o‘zgartirishlar kiritilishidir.
Ushbu Qonun bilan Hokimiyat vakillarini huquqiy himoyasi ta’minlanishi kutilmoqda.