Haftaning ikkinchi yarmida Rossiyadan sovuq havo kirib keladi - O‘zgidromet

Oktabr boshida Farg‘ona vodiysi va ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yoishi, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi xabar qilishiga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Rossiyadan sovuq havo kirib keladi.
30 sentabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
1-3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3-oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
30 sentabrda va 1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.