TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda boshlangan "Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumining birinchi kuni yakunida, O‘zbekiston hukumati va Turkiya, Vengriya hamda Fransiya biznesi vakillari bilan bir necha shartnoma i memorandumlar imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xususan, imzolangan shartnomalar quyidagilar bor:
Moliya vazirligi va Vengriyaning “OTP Bank PLC” orasida Ipoteka bankini sotib olish to‘g‘risida kelishuv memorandumi;
O‘zbekiston Moliya vazirligi va Fransiyaning Veolia Energy Tashkent orasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bitimi;
O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Turkiyaning "Soca Sola Icecek" o‘rtasida davlat aksiyalarini topshirish akti;
O‘zbekiston va Turkiya orasida iqtisodiy sohada hamkorlikn rivojlantirish hamda investitsiya dasturini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuv.
Undan tashqari, Iqtisodiy forumning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni tugatish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2022-yilda Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining davlatga tegishli bo‘lga 10% aksiyalari sotuvga chiqarilishi haqida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun Toshkentda Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida o‘tkazilayotgan "Uzbekistan Economic Forum 2021" tadbirida O‘zbekiston va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.