TOShKENT, 29 sen — Sputnik. "Tolibon"* harakati "Islom davlati"* terrorchilik uyushmasi jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Khaama Press.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilarga qarshi kurash poytaxt provinsiyasi va Nangarxara tumanida o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, toliblar, IShID* ularga hech qanday xavf tug‘dirmasligi haqida ta’kidlamoqda. "Tolibon" bayonotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda ular terrorchilik uyushmalarining bir necha vakillarini tiriklay qo‘lga olishgan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi davomida Nangarxarda bir yo‘la bir nechta portlashlar va qurollangan hujumlar ro‘y bergan edi. Bularning oqibatida toliblar bilan bir qatorda mahalliy aholi ham halok bo‘lgandi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.