“SamAvto” yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishga o‘tishini ma’lum qildi

700P avlod avtobuslari, yuk mashinalari va maxsus transport vositalari takomillashtirilgan tormoz tizimi, ergonomika va yaxshilangan dizaynga ega.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. “SamAuto” birga ishlaydigan Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 729- avlod avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtadi va 700P yangi avlodining modellarini ishlab chiqishga o‘tadi. Bu haqda SamAuto” matbuot xizmati Sputnik agentligiga ma’lum qildi.
700P avlod avtobuslari, yuk mashinalari va maxsus transport vositalari takomillashtirilgan tormoz tizimi, ergonomika va yaxshilangan dizaynga ega. Bundan tashqari, konditsioner, yon oynalarining elektron isitgichi va markaziy qulf bilan jihozlangan.
Samarqandda ishlab chiqarilgan avtobuslar Turkistonda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi
Samarqanddagi zavodda 700P modellarining bir qismi allaqachon ishlab chiqarilmoqda. Yangi avlodiga o‘tishga oid qarori “Isuzu NPR 66PB”, “Isuzu NQR 71PL”, “Isuzu FVR 33P”, “Isuzu FVR 33G” modellariga taalluqli.
SamAvto” MChJ QK bosh direktorining marketing va sotuv bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Yarashev so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar va 729-avlod avtomobillari egalari uchun ehtiyot qismlari yaqin 10-yil ichida mavjud bo‘ladi. Zavod Yaponiyada ushbu avlod mashinalari uchun detallarning 1000 ta komplektiga katta buyurtma bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “SamAuto” va “UzAuto Motors” Ozarbayjonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.