TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Roskomnadzor Googledan YouTube-kanallari RT DE va Der Fehlende Part dan barcha cheklovlarni imkon qadar tezroq olib tashlashni va ularni joriy etish sabablarini tushuntirishni talab qildi. Bu haqda davlat idorasi IT-giganti rahbariyatiga xat yubordi.
Roskomnadzor Google harakatlarini erkin axborot tarqatish va undan to‘siqsiz foydalanishning asosiy tamoyillarini buzish, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi senzura sifatida baholamoqda.
"YouTube ma’muriyati muntazam ravishda rasmiy bahonalar bilan Rossiya OAV akkauntlarida joylashtirilgan kontentni senzura qilmoqda. Avvalroq videoxosting sayti Rossiyaning Russia Today nashri rasmiy akkaunt va materiallariga bir necha marta cheklovlar qo‘ygandi", - deb qo‘shimcha qilindi idorada.
Bunday xatti-harakatlar uchun internet-resurs insonning asosiy huquq va erkinliklarining buzilishida aloqador deb tan olinib, tegishli ro‘yxatga kiritilishi mumkin. Shundan so‘ng, videoservis ogohlantirish oladi, bajarilmasa to‘liq yoki qisman blokirovka qilinadi.
Agar Google YouTubedagi RT kanallarini blokdan chiqarish talabini e’tiborsiz qoldirsa, unga bir million rubl miqdorda, agar takroran rad etsa, uch milliongacha jarima solinadi.
11 Iyun 2021, 18:10
"Rossiya segodnya" media-guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan RT kanallarining yo‘q qilinishini media urush, deya baholadi.
"RT DEga sal avval COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida bizning qoidalarimizga zid bo‘lgan yolg‘on tibbiy ma’lumot yuklagani haqida ogohlantirish yo‘llangan edi. Bu holat ularning videoni e’lon qilish huquqlari vaqtincha to‘xtatilishiga olib keldi. Huquqlar to‘xtatilgan vaqtda kanal egalari boshqa kanaldan foydalangan holda cheklovlarni aylanib o‘tishga harakat qilgan, natijada ikkala kanal ham YouTube shartlarini buzganligi uchun yopilgan", - deyiladi korporatsiya javobida.
O‘z navbatida, Simonyan, YouTube iddao qilayotgan "aniq" qoidalar hech qayerda yozilmaganini qayd etmoqda.
"Biz o‘z auditoriyamizni birinchi marta ikkinchi kanalimizga taklif qilayotganimiz yo‘q. Ammo faqat bugun ular ikkala kanalni yopib yuborish qarorini qabul qilishdi. Bir vaqtning o‘zida YouTube xostingida emlanishga qarshilar, barcha turdagi terrorchilar va fashistlar bemalol chiqish qilmoqda. Ular bizni ko‘p bora cheklab kelgan, ammo bu safar shunchaki yo‘q qilishdi. Bu Germaniya tomonidan Rossiyaga nisbatan to‘laqonli media urush e’lon qilinishidir", — dedi bosh muharrir.