Markaziy Osiyoda Dushanbe birinchi bo‘lib kovidga qarshi emlash rejasini oshig‘i bilan bajardi

27 sentabr holatiga ko‘ra Tojikistonda rejaga muvofiq COVID-19 ga qarshi deyarli 2,4 million kishi emlangan.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda aholini koronavirusga qarshi emlash rejasi 100,4 foizga bajarildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda Sputnik Tojikiston nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 27-sentabr holatiga ko‘ra Tojikistonda rejaga muvofiq COVID-19 ga qarshi deyarli 2,4 million kishi emlangan. Bu emlanishi kerak bo‘lgan aholining 41,2 foizini tashkil etadi.
Vaksinaning ikkinchi dozasi bilan 1,7 milliondan ziyod kishi emlangan.
Iyul oyida Tojikistonda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilangan edi. Respublika “CoronoVac” (Xitoy), “AstraZeneca” (Yevropa), “Moderna” va “Pfizer” (AQSh) va “Sputnik V” (Rossiya) vaksinalaridan foydalanmoqda.
Kovid ketdimi? Tojikistonda yangi kasallanish holati qayd etilmadi
O‘zbekiston SSV ma’lumotlariga qaraganda, 28-sentabr holatiga ko‘ra mamlakatda 4,3 mln kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Jami 20 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan. Toshkent shahrida 1,1 mln kishi vaksinaning kamida bir dozasini olgan.