TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasiga mehnat migrantlarini COVID-19’ga qarshi emlash uchun vaksina olib kelindi, deb xabar berdi Krasnoyarsk rasmiy axborot portali.
Rossiyada xorijiy davlat fuqarolari koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkin. Emlanish narxi 2 ming rubl.
“Sputnik Layt” vaksinasining mingdan ortiq dozasi Telman ko‘chasi, 28-uyda joylashgan Migratsiya xizmatlari markaziga olib kelindi. U yerda emlash uchun maxsus tibbiyot xonasi jihozlandi.
Bundan tashqari, migrant boshqa xususiy klinikalar - "Bionika" va "Dialog" tibbiy markazida pulli emlanish mumkin.
Migrantlar COVID-19ga qarshi emlanganidan keyin emlash guvohnomasini oladi va bu haqda ma’lumotlar umumiy federal reyestriga kiritiladi.