Kamilov Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi

MDH davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
29 sentabrya 2021 goda Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Predsedatelem Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnim sekretarem SNG Sergeyem Lebedevim
S.Lebedev 2021-yil 29-30-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun respublikaga kelgan.
29 sentabrya 2021 goda Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Predsedatelem Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnim sekretarem SNG Sergeyem Lebedevim
Uchrashuvda tomonlar MDH doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, bo‘lajak ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish, o‘zaro fikr almashish va dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun keng imkoniyat yaratmoqda

Abdulaziz Kamilov
Tashqi ishlar vaziri
Shuningdek, MDH davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.