TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida 5 yoshli bolani noma’lum shaxs avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqidagi ovozli xabar tarqalmoqda. Poytaxt IIBB bu ma’lumotni tekshirib, yolg‘on ekanini xabar qildi.
“Toshkent shahri hududida bola o‘g‘irlangani bilan bog‘liq holat qayd etilmagan”, - deyilgan xabarda.
Idora yolg‘on axborot tarqatish uchun O‘zbekiston qonunchiligida javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatgan.
Shuningdek, IIBB fuqarolarga farzandlariga shirinlik taklif qilib, noma’lum uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot bo‘lishni o‘rgatishni tavsiya qilgan.