Hamshiralarga 12 ta kasalliklar bo‘yicha bemorlarga tashxis qo‘yish vakolati beriladi

Andijon tibbiyot muassasalarida 170 ta hamshiralik qabul punktlari eksperiment shaklida takshil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev, eksperiment tarzida birlamchi bo‘g‘in tibbiyot punktlarida alohida hamshiralik qabul punktlari tashkil etilishini aytib o‘tdi.
Bu haqda O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyov bugun Andijonda bo‘lib o‘tayotgan saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
"Endi hamshiralarga 12 ta eng ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha bemorlarni birlamchi tekshiruv va skriningdan o‘tkazish va dastlabki tashxis qo‘yish vakolati beriladi. Ushbu yangi tizim bo‘yicha, kelgusi yilda 700 nafar hamshira maxsus kurslarda o‘qitiladi. Buning hisobiga, bemorlarni qabul qilish navbati qisqarib, shifokor tomonidan bemorga ajratiladigan vaqt ikki barobarga oshadi.”, – dedi Mirziyoyev.
Aytilishicha, 170 ta birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida alohida hamshiralik qabul punktlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi to‘liq rekonstruksiya qilinishi, uning negizida esa vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga 7 mingta murakkab operatsiya o‘tkazadigan “tibbiyot markazi” tashkil etilishi ham qo‘shimcha qilindi.