TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz otasidan homilador ekanligini bildirganligi haqidagi videoxabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, - deyilgan bayonotda.