TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi "Ayritom" chegara bojxona postida qo‘shni Afg‘onistondan jangovar o‘q-dori olib o‘tayotgan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi.
Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi axborot-xizmati xabar bermoqda.
"Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Q.H. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida <...> yukxonadagi sumkada jangovar o‘q-dorilar turkumiga kiruvchi, otish uchun yaroqli bo‘lgan 1 dona 9 mmli "Parabellum" patroni borligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.