TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi ikki davlat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, 20-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi liniyasi bo‘yicha demarkatsiya ishlari muhokama qilinib, amalga oshirilgan dala ishlari natijalari ko‘rib chiqildi.
Navbatdagi uchrashuvni Tojikiston hududida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli protokol imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhlarining avvalgi uchrashuvi 23-28 avgust kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.