O‘zbekiston yil boshidan buyon 10 ming tonnaga yaqin qalampir eksport qildi

Ta’kidlanishicha, 2021-yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 ming tonna ko‘p qalampir eksport qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 70 foizga o‘sishiga erishilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekiston yil boshidan buyon 10,6 million dollarlik qalampir eksport qildi. Bu haqda Respublika davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
"O‘zbekistonda 2021-yilning 8 oyi davomida 10 mln. 622 ming AQSh dollari qiymatidagi 9 765 tonna qalampir eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi", - deyiladi xabarda.
Rossiya O‘zbekistonning 15ta korxonasiga pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 ming tonna ko‘p qalampir eksport qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 70 foizga o‘sishiga erishilgan.
Eksport qilingan qalampir natijasida valyuta tushumlari 2020-yilga nisbatan 70 foizga ko‘payib, 4,4 ming dollarni tashkil qilgan.
Qalampirning 28 foizi Qozog‘istonga va 24 foizi Germaniyaga eksport qilingan.
Shuningdek, 2021-yilning 8 oyi davomida qalampir eksporti AQShga 1,9 barobarga va Belgiyaga 2,1 barobarga ortgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yurtimizdan ilk bora Ispaniya, Chili va Xitoyga qalampir eksporti yo‘lga qo‘yildi.