Makronga tuxum otgan talaba ruhiy kasalliklar klinikasiga yotqizildi

Makronga tuxum otgan 19 yoshli talaba ruhiy kasalliklar kasalxonaga yotqizildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tuxum otgan yigit psixiatriya tekshiruvidan so‘ng ruhiy kasalliklar klinikasiga yotqizildi, deb xabar berdi BFMTV Lion prokuraturasiga asosan.
Bu hodisa kuni kecha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Liondagi Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida yuz berdi.
Fransiya prezidentiga tuxum otishdi - video
Yumaloq narsani uloqtirgan shaxs prezident qo‘riqchilari tomonidan ushlanib, hibsga olindi.
Lion prokuraturasi talabiga asosan ushlangan shaxsga nisbatan psixiatrik ekspertiza o‘tkazildi.
19 yoshli talaba Lion sharqidagi - Bron shahridagi Vinatier kasalxonasiga yotqizildi.