TOShKENT, 28 sen — Sputnik. COVID-19ga qarshi 12 yoshdan katta bolalar ham ixtiyoriy emlanadi.
Endilikda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi.
Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, respublikada ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.
Respublikada ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishlari mumkin.
Shu yil 13-sentabr kuni 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan.
Ayni kungacha jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.