Kobul universiteti yangi rektori oliygohda ayollarning ta’lim olishini taqiqladi

Rektor Muhammad Ashraf G‘ayratning so‘zlariga ko‘ra, bu chora “haqiqiy islom tartibi” o‘rnatilmaguncha davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati tomonidan tayinlangan Kobul universitetining yangi rektori endilikda bu muassasada “haqiqiy islom tartibi” o‘rnatilmaguncha ayollarning dars berishi yoki o‘qishi taqiqlanishini e’lon qildi. Bu haqda Pokistonning AJK telekanali xabar bermoqda.
“Men sizlarga Kobul universiteti rektori sifatida o‘z so‘zlarimni yetkazmoqdaman. Hamma uchun haqiqiy islom muhiti ta’minlanmagunga qadar ayollarga universitetlarga hujjat topshirish yoki u yerda ishlashga ruxsat berilmaydi”, - deya rektor Muhammad Ashraf G‘ayrat so‘zlaridan keltirgan telekanal.
Avvalroq toliblar hukumati Afg‘onistonda talaba qizlar universitetlarda ta’lim olishlari mumkinligi, lekin talaba yigitlardan alohida o‘qishlarini e’lon qilishgandi.
Muhammad Ashraf G‘ayrat eng yirik Kobul universiteti rahbarligini 22-sentabrda qo‘lga oldi. Undan oldingi rektor professor Muhammad Usmon Boburiyni toliblar lavozimidan ozod qilgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Toliblardan yangi qoidalar: afg‘on ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi