TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 27-sentabr kuni Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif davomida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida saylovoldi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat rahbari korxonalar faoliyati, bunyodkorlik ishlari, mahallalar hayoti bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.