Olimlar koronavirus sababli umr ko‘rish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi

Olimlar o‘rtacha umr uzunligi keskin qisqarishining sababchisi koronavirus ekanligini aniqladilar.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetganidan so‘ng, koronavirus pandemiyasi eng rivojlangan mamlakatlarda umr ko‘rishning o‘rtacha yoshi qisqarishiga olib keldi. Britaniyaning Oksford Universiteti olimlari bunday xulosaga keldi, ular 29ta davlatda tadqiqot olib bordi.
“Vaksina kokteyli”: “Sputnik Layt” va AstraZeneca kombinatsiyasi samaradorligi haqida
Bu haqda RIA Novosti Oksford olimlarining Xalqaro epidemiologiya jurnalida chop etilgan tadqiqotiga asoslanib xabar qildi.
Universitet tadqiqotchilari ma’lum qilishicha, COVID-19 ko‘proq keksa yoshli insonlar o‘limiga sababchi bo‘lgan.
"2020 yildagi inson yo‘qotishlar ko‘lami g‘arbiy Yevropaning qator (Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya) davlatlarida ikkinchi jahon urushi o‘z yakunini topgandan beri kuzatilmagan”, - deb belgilashgan maqola mualliflari.
Olimlar guruhi, shuningdek, AQShda erkaklar orasida umr uzunligi – 2,2 yilga, Litvada esa – 1,7 yilga qisqarganini e’tirof etishdi.