TOShKENT, 27 sen ― Sputnik. Insoniyat avvalgidek yadroviy yo‘q qilinish xavfiga o‘ta yaqin turibdi, deb bayonot berdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.
U o‘zining Twitterdagi sahifasida butun dunyoda 14 ming donaga yaqin yadroviy qurol borligini ta’kidlagan. Falokatning oldini olish uchun "mazkur masalaga yechim topish zarur", deb hisoblaydi Guterresh.
"Yadroviy mojaro bulutlarini batamom tarqatib yuborish, koinotimizni yadroviy quroldan xalos qilish va yangi ishonch va tinchlik davri haqida e’lon qilish vaqti keldi", - deb yozib qoldirgan BMT bosh kotibi.
Eslatib o‘tamiz, yadroviy qurolni to‘liq yo‘q qilish uchun xalqaro kurash kuni 26-sentabrda nishonlanadi. BMT yadroviy quroldan batamom qutulish kerak, deya hisoblaydi.